empty
 
 

Foreks (Forex) - bu xalqaro banklararo valyutalar bozori. Foreks Savdo valyutalarni sotib olish va sotishdan iborat. Valyutalar kursining doimiy o'zgarib turishi munosabati bilan bunday keyingi harakatni to'g'ri belgilab olib valyutani ancha past narxda xarib qilib va ancha yuqori narxda sotib foyda olish mumkin (masalan, yangilikni to'g'ri aniqlash).


Foreks bozori ishtirokchilari quyidagilar hisoblanadi: banklar (markaziy va tijorat), pensiya jamg'armalari, sug'urta kompaniyalari, brokerlar, dilerlar va xususiy investorlar. Ishtirokchilarning ulkan miqdori va bitimlarning tegishli yirik hajmi tufayli bir necha soniya ichida bunday bitimlardan juda ko'p miqdorda tuziladi.


Foreks bozorida savdo qilish uchun katta kapital talab etilmaydi, chunki broker kredit-kredit yelkasini taqdim etadi. Uning miqdori depozitning o'zining yuz karra kattaligini tashkil etadi, bu shuni anglatadiki, treyder (Foreksda savdo qiluvchi ishtirokchi) bozorga bitimni amalga oshirish uchun foydalanadigan summasidan yuz marta ortiq bo'lgan mablag' bilan chiqadi.


Foreksda savdo bitimi ikki qismdan iborat bo'ladi. Birinchisi - treyder pozitsiyani ma'lum bir valyuta juftligi bo'yicha ochadi. Ikkinchisi - u mos ravishda pozitsiyani shu juftlik bo'yicha yopadi. Foreksda savdo bitimlari bir necha soniya ichida tuziladi. Biroq treyderlar tuzgan shu darajada ko'p miqdordagi bitimlar narxning shakllanishiga jiddiy ta'sir ko'rsata olmaydi.


Foreksda savdo qilish uchun ochilgan pozitsiyalar - bu brokerga bir valyutaning ma'lum miqdoriga boshqa valyutaning ma'lum bir miqdorini sotib olish uchun talab qilish jarayonidir. Juftlikda birinchi o'rinda turgan tayanch valyutaning qiymati kotirovka qilinayotgan birliklarda ifodalanadigan kotirovka deyiladi. U ikki raqamdan iborat bo'ladi: Bid bu bo'yicha kotirovka qilinadigan valyutaga tayanch valyuta sotiladi va Ask bu bo'yicha mos ravishda bu qiymat bo'yicha xarid qilinadi. Ular orasidagi farq spred deb ataladi, (u brokerning asosiy daromad manbai hisoblanadi) punkt deb esa - narxning minimal yo'l qo'yilgan o'zgarishiga aytiladi. Valyuta kurslari bo'yicha ma'lumotdan Foreks bozorida savdo qiluvchilar doim erkin foydalana olishlari mumkin.


Foreksda savdo bir necha usulda amalga oshiriladi. Bu usullar ma'lum savdo strategiyalarini nazarda tutadi. Foreksda savdo qilishdan katta tajribaga ega bo'lgan treyderlar bir necha yillar mobaynida o'zlarining shaxsiy strategiyalarini ishlab chiqadilar, ammo o'zini ijobiy tomondan yaxshi ko'rsatgan va vaqt davomida tekshirilgan bir qator strategiyalar bor:


- Kunduzgi savdo (kun ichi amalgan oshiriladigan qisqa muddatli savdo) Bu - treyder tomonidan qisqa vaqt oraliga, bir-ikki daqiqadan ikki soatgacha bo'lgan davrli bitimlarni ochishdir. Bunday bitimlar odatda o'sha savdo kuni yopiladi va deyarli hech qachon keyingi kurga ko'chirilmaydi. Odatda, qisqa muddatli savdo 1 va 5 daqiqali grafiklar kombinatsiyasidan foydalainsh bilan tavsiflanadi.


- Yangiliklar vaqtida savdo qilish. Savdo qilishning bunady turidan foydalanadigan treyderlar chiqqan yangiliklar bo'yicha aniq tahlillar qilib, doimiy daromadga ega bo'lishlari mumkin. Shu bilan birga, bu yangiliklarni noto'g'ri tahlil qilish va pozitsiyani noto'g'ri ochish jiddiy zarar olib kelishi mumkin.


- O'rtacha muddatli savdo. Savdoning mazkur turish shunisi bilan tavsiflanadiki, treyder bitimlarni uzoq muddatga (bir-ikki kundan bir-ikki oygagcha) ochadi. Bunday turdagi savdoda agar bitim kamida bir necha kun ochiq qolsa, katta foyda olish mumkin bo'ladi. Bunday bitimlarni qo'llab-quvvatlash uchun yaxshigina kapital talab etiladi.


- Foreksda savdo qilishda Texnik tahlil valyuta juftliklari grafiklarining turli xillarini (bar, yapon shamlari, chiziqli) va ularda aks etiladigan figuralarni to'g'ri baholash va tahlil qilish ko'rinmasidan iborat bo'ladi, bu esa valyuta juftliklari kurslarining o'zgarishini oldindan bilib olishga imkon beradi.


- Kerri Treyd. Bu valyutalar jufti fozilari bo'yicha stavkalar farqidan foyda olishdir. Savdo qilishning mazkur turidan foydalanishda treyderning bitimlari juda uzoq davrga (ikki-uch oydan boshlab, bir yilgacha va undan ortiq) ochiqligicha qoladi.


Bunday savdoda katta kapital bo'lishi nazarda tutiladi. U to'g'ri yo'nalishda narxning o'zgarishigacha zarar bilan yopmaslik uchun bitimning foydali bo'la boshlaguncha vaqtni kutish uchun talab qilinadi.


Foreks bozorida savdo qilishning qulayliklaridan biri shundaki, unda ish sutkasiga yigirma to'rt soat, haftasiga besh kun mobaynida davom etadi (Dushanbadan shanbagacha). Bosh ofis bilan vaqtdagi farqqa qaramasdan (soat mintaqalari orasidagi farq tufayli) savdolarda ishtirok etishda davom etish mumkin. Foreksda bunday savdo qilish imkoniyatini jahon moliya markazlari berishadi, ularning boshida milliy banklar xalkaro banklar bilan birgalikda turishadi, xalqaro banklarda jahondagi turli mamlakatlarning kapitallari turadi.


Ularning eng yiriklari Nyu-Yorkda, Londonda, Tokioda, Parijda, Lyuksemburgda, Singapurda, Avstriyada joylashgan. Ular Foreksda butun kun davomida, shuningdek kechasi savdo qilish uchun likvidlikni qo'llab-quvvatlashga imkon beradi.


Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.