Shuningdek qarang
Xalqaro Foreks valyuta bozorida ishlash uchun treyder tomonidan bugungi kunda juda katta tanlov mavjud bo'gan ilg'or dasturiy ta'minot foydalanishni nazarda tutadi. Treyderdan talab etiladigan barcha narsa - bu Foreksning barcha yangi dasturlarini kuzatib borish, u yoki bu dasturiy ta'minotning afzalliklarini tahlil qilish. Foreks dasturiy ta'minoti brokerdan boshlanadi va Maslahatchilar sifatida ko'proq ma'lum bo'lgan avtomatik dasturiy ta'minot bilan tugaydi. Brokerlarning ko'pchiligi ularni bepul yoki uncha katta bo'lmagan pulga taqdim etishadi.
Foreks dasturiy ta'minoti treyder qo'lida savdo qilishning kuchli vositasi hisoblanadi. Dasturiy ta'minotdan foydalanmasdan valyuta bozorida ishlash va bitimlarni amalga oshirish mumkin emas. Dasturiy ta'minot qanchalik samarador bo'lsa, treyderning savdosi shunchalik muvaffaqiyatli va daromadli bo'ladi.
Bugungi kunda ko'pchilik brokerlar va diling markazlari dasturiy ta'minotning xususiy ishlanmalarini taqdim etishmoqda.
Bugungi kunda treyderning savdo olib borishi barcha shaxsiy mezonlariga javob beruvchi to'la tushunarli va intuitiv ravishda ma'qul interfeysga ega bo'lgan, treyding uchun to'g'ri keladigan desturiy ta'minotni tanlab olish juda murakkab. Dasturiy ta'minotning bir necha turi mavjud.
1. Foreks grafiklaridan foydalanuvchi dasturiy ta'minot. Shu savdo platformasi bilan treyder haqiqiy hisob-varaqlarida haqiqiy pullar bilan savdo qilish imkoniyatiga ega. Mazkur dasturiy ta'minot kotirovka xossasiga ega bo'lib, u tegishli savdo uchun narxning joriy ko'rsatkichlarini aniqlash uchun qo'llaniladi. Mazkur dasturiy ta'minotdan foydalanish treyderga savdoning borishini kuzatishga imkon beradi.
2. Avtomatik dasturiy ta'minot. Dasturiy ta'minotning mazkur turi treyder o'rniga savdoni tashkil etish uchun mo'ljallangan. Mazkur dasturiy ta'minotning ishlash prinsipi shundan iboratki, bunda savdo qilishning butun jarayoni avtomatik rejimda faqat treyderning bir oz aralashuvida amalga oshiriladi.
3. Dasturiy ta'minot – savdo signallari tizimi. Savdo signallari tizimlari odatda brokerlik kompaniyalariga aloqasi bo'lmagan odamlar tomonidan tuziladi. Mazkur dasturiy ta'minot savdoni olib borishning mezonlariga va talablariga maksimal darajada javob beruvchi Foreks indikatorlarini treyder mustaqil tanlab olishini nazarda tutadi.Savdo signallari treyderning bozorda trend vaziyatini ancha aniqroq tasavvur qilishi va bozorga qachon kirish va qachon chiqish kerakligini bilishi uchun foydalaniladi.
Treyder uchun juda ham muhim u yoki bu dasturiy ta'minot ega bo'lgan asosiy xususiyatlarni aniqlash hisoblanadi. Shuningdek dasturiy ta'minotga ega bo'lishi kerak bo'lgan eng muhim jihatlardan biri hujumlardan himoyalanish hisoblanadi. Dasturiy ta'minot dasturiy qo'llab-quvvatlashga ega bo'lishi va ma'lum vaqt o'tgandan so'ng yangilanib turishi kerak. Bundan tashqari, dasturiy ta'minot ma'lumotlaridan nusxa olish, nusxalarni yaratish va saqlash funksiyasiga ega bo'lishi juda muhimdir. To'g'ri tanlab olingan dasturiy ta'minot treyderga o'z savdo vaqtini to'g'ri rejalashtirishga va Foreks valyuta bozorida savdo qilishdan maksimum foyda olishga imkon beradi. Dasturiy ta'minotdan foydalanish treyderning Foreks bozoridagi ishini ancha yengillashtiradi. Ammo u yoki bu dasturiy ta'minotni aniqlashtirib olish uchun avval uni testdan o'tkazish lozim, faqat shundan keyingina undan xalqaro Foreks valyuta bozoridagi doimiy savdoda foydalanish mumkin.