empty
 
 

PAMM tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan hisob-varaqlari — bu investitsiya qilish usuli bo'lib, bunda mablag'lar treyderga ishonchli boshqarish uchun beriladi va bitim muvaffaqiyatli amalga oshirilganda boshqaruvchi treyder foydadan ma'lum bir foizni oladi.

PAMM tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan hisob-varaqlarining ishlash printsipi

Investorlar boshqaruvchi treyderning hisob-varag'ini to'ldirib turishadi. Boshqaruchi treyder bitimlarni o'zining shaxsiy kapitalidan foydalangan holda tuzadi, va barcha operatsiyalar mutanosib ravishda omonatchilarning hisob-varaqlariga ko'chiriladi. Foyda olinadigan holatlarda u investorlar va boshqaruvchi treyder o'rtasida omonatlarning miqdoriga qarab taqsimlanadi. Shuningdek, boshqaruvchi treyder foydadan foiz oladi.

Xatar darajasi

PAMM tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan hisob-varaqlariga omonatlar qo'yish - Foreks bozorida yuqori daromad bilash ishlash ajoyib uslubi bo'lib, bu ayniqsa, agar treyderda o'zining barcha bo'sh vaqtini treydingga bag'ishlash imkoniyati bo'lmaganda juda qulay usuldir. Shuningdek, asosiy ishni valyuta bozorida savdo qilish bilan birga qo'shib olib borilgan holda PAMM tizimda ro'yxatga olingan hisob-varaqlari yaxshigina qo'shimcha daromad keltirishi mumkin. Biroq shuni ham hisobga olish kerakki, PAMM tizimida ro'yxatga olingan hisob-varaqlari investitsiyalarni kiritish ma'lum darajada xatarli bo'lishi shubhasiz. Investorning mablag'laridan foydalangan holda boshqaruvchi treyder tomonidan amalga oshirilgan bitim faqat foyda emas, balki zarar ham keltirilishi mumkin. Shuning uchun boshqaruvchi treyderni tanlashga alohida e'tibor bilan yondashish maqsadga muvofiqdir.

Odatda, PAMM tizimida ro'yxatga olingan hisob-varaqlariga investitsiya kiritishdan avval ehtimolli boshqaruvchi treyderlarning kasb xususiyatlari o'rganiladi. Birinchi navbatda diqqat-e'tibor amalga oshirilgan bitimlar soniga va ularning natijalariga, valyuta bozoridagi ish tajribasiga qaratiladi. Boshqaruvchi treyderning professionalizmi - investitsiya kiritishdan foyda olishning kafolatidir.

Xavfsizlik

PAMM tizimida ro'yxatga olingan hisob-varaqlarining xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan ma'lum qoidalar mavjud. Birinchidan boshqaruvchi treyder investorlarning kapitalidan faqat savdo operatsiyalarini bajarish uchun foydalanishi mumkin. Omonatchilarning hisob-varaqlari bilan har qanday boshqa operatsiyalarni boshqaruvchi treyder bajara olmaydi.

Chunki PAMM tizimida ro'yxatga olinggan hisob-varag'i o'z ichiga boshqaruvchi treyderning mablag'larini ham qamrab oladi, bitimning muvaffaqiyatli yakunlanishidan birinchi navbatda u manfaatdordir.

Boshqaruvchi treyderning barcha harakatlari shaffofdir, ularni istagan paytda kuzatish mumkin, shuningdek, PAMM tizimida ro'yxatga olingan hisob-varag'idan o'zining mablag'larini chiqarib olish mumkin. Bundan tashqari, investor bo'lishi mumkin bo'ladigan zararlarni cheklagan holda xatar darajasini mustaqil aniqlaydi.

Mablag'larni yo'qotib qo'ymaslik va barqaror yuqori foyda olish uchun bo'lajak investorlarga PAMM tizimida ro'yxatga olingan hisob-varag'ida xavfsizlikning asosiy qoidasiga amal qilish lozim: boshqaruvchi treyder biron faqat brokerlik kompaniyasi orqali ishlashi zarur. Aks holda investor o'zining kiritgan barcha mablag'laridan ajralib qolishi mumkin.

Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.